Argentina milliy jamoasi hujumçisi Lionel Messi KONMeBOL rahbariyatidan rasman uzr söradi.

Futbolçi Amerika Kubogining uçinçi örin uçun Çiliga (2:0) qarşi bahsida maydondan çetlatilgan, söngra Janubiy Amerika futboli rahbariyatini korrupsiyada ayblagan edi.

La Nacion xabariga köra, Argentina Futbol Assotsiatsiyasi KONMeBOL intizom qömitasiga Messining uzri yozilgan xatni jönatgan. Unda hujumçi bu gaplarni rahbariyatga emas, balki hakamlarga qarata aytgani va qattiq hayajonda bölgani qayd etilgan.

Endi Messiga nisbatan oçilgan intizomiy iş yopilsa, u diskvalifikatsiyadan qutulib qolişi va faqat jarimaga tortilişi mumkin.