«Barselona» Audi avtomobil işlab çiqaruvçisi bilan hamkorlikni töxtatdi.
AS`ning xabar berişiça, 30 iyun kuni tomonlar örtasidagi şartnoma muddati tugagaç, avtokonsern klub futbolçilaridan ularga bepul taqdim etilgan avtomobillarni qaytarişlarini söragan.

«Barsa» futbolçilaridan ular Osiyo turnesidan qaytganlaridan söng maşinalarni topşirişlari talab etilmoqda.
Ta'kidlanişiça, «kök-anorranglilar» xorij safarlari davomida Audi`ga raqobatçi kompaniyalarning avtomobillaridan foydalanişgani nemis avtokonsernidagilarga yoqmagan.













