Fransiyalik sportçi va ixtiroçi Frenki Zapata kelayotgan payşanba, 25 iyulda özi yaratgan “flaybord” uçar qurilmasida Fransiya va Britaniyani boğlab turuvçi La-Manş böğozi ustidan uçib ötişni rejalaştirmoqda.
Ixtiroçi 1909 yil 25 iyulda aviator Lui Blerio tomonidan La-Manş ustidan amalga oşirilgan ilk parvozning yuz yilligini şu tariqa nişonlamoqçi.
Rejaga köra, reaktiv platformadagi parvoz 20 daqiqa vaqt oladi. Qurilma Fransiyaning Kale şahri yaqinida havoga kötarilib, Britaniyaning Duvri yaqinida qönadi. Zapata belgilangan joyga yölning yarmida qurilmasiga yonilği quyib oladi. Uçar platforma 140 km/soat tezlik bilan parvoz qilişi kutilmoqda.
14 iyulda Zapata Fransiya milliy bayrami - Bastiliyaning olinişi kuni şarafiga ötkazilgan paradda öz qurilmasida körgazmali parvozni amalga oşirgan.
“Men paradda qurilmaning 3 foiz imkoniyatidan foydalandim va La-Manşni keçib ötişim uçun uning 99 foiz imkoniyati kerak böladi. Bu oson iş bölmaydi. Fikrimça, muvaffaqiyatga erişişga imkoniyatim 30 foizni taşkil qiladi”, deb aytgan sportçi.








