“Özbekiston temir yöllari” AJga qaraşli “Öztemiryölyölovçi” AJ va “Kazakstan temir jöli” MK AJ qaraşli “Passajirskiye perevozki” AJ rahbariyati tomonidan ötkazilgan muzokarada dastlab çipta bahosini pasaytiriş masalasi körib çiqilib, 2019 yil 1 avgustdan “Kazakstan temir jöli” MK AJ tomonidan №001 sonli yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Tulpar-Talgo” poyezdining belgilangan tarif bahosiga qöşimça çegirmalar berilişiga qaror qilindi. Unga köra poyezd jönaşidan beş sutka oldin çipta xarid qilinsa, SV hamda KUPe vagonlariga 25 foiz, ötiradigan örindiqli vagonlarga 15 foiz, qöşimça yiğimlarga 53 foiz çegirma beriladi.

Tahlillar natijalaridan söng, yaqin kunlarda №001 sonli yuqori tezlikda harakatlanuvçi “Tulpar-Talgo” poyezdining çipta narxlarini pasaytiriş masalasi yana qöşimça ravişda körib çiqiladi.

“Öztemiryölyölovçi” AJ