Qirğiziston va Tojikiston çegarasining 22 iyulda nizo yuz bergan joyida Qirğiziston mutasaddi idoralarining aholi bilan uçraşuvi vaqtida otişma sodir etildi.  

22 iyulda Tojikistonning Vorux va Qirğiziston Aksay qişloqlari aholisi örtasida nizo çiqqan. Nizo çiqişiga qişloqlardan birida flagştok örnatilişi sabab bölgan. Nizo vaqtida öqotar qurol qöllangan.   

Dastlabki ma'lumotlarga köra, 23 iyulda yuz bergan otişma oqibatida 3 kişi, jumladan “Ak-Say” çegara bölinmasi boşliği yaralangan. Uçraşuvda Qirğiziston içki işlar vaziri Qaşqar Junuşaliyev, davlat çegara xizmati raisi Ularbek Şarşeyev, Botken viloyati ma'muriyati vakili Akrom Madumarov iştirok etgan.

Aksay aholisi bilan uçraşuv vaqtida Tojikiston tomondan 2-3 marta öq uzilgan. Ta'kidlanişiça, harbiylardan biri oyoğidan yaralangan.

Bişkek va Duşanbe 22 iyuldagi voqeadan keyin umumiy çegaraning bahsli hududlarini birgalikda patrullaşga kelişib oldi. Bu haqda Botken viloyati ma'muriyatida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanişiça, uşbu çoralar çegaradagi vaziyatni tartibga solişga yordam beradi. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, ikki qişloq aholisi örtasida çiqqan nizo vaqtida ikkala tomondan umumiy hisobda 30 kişi, jumladan çegaraçilar va militsiya xodimlari jabrlangan. Tojikistonning bir fuqarosi öqotar jarohatdan halok bölgan.