Davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom, davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida autsorsing usulida soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom hamda 2019-2021 yillarda davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlantirişni taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
Davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida autsorsing usulida soğlom ovqatlantiriş Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan ötkaziladigan tanlov natijalariga köra taşkil qilinişi belgilandi.
Qarorda aytilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgaça ta'lim boşqarmalari va Toşkent şahar maktabgaça ta'lim boş boşqarmasining sörovi böyiça oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi örtaça bozor narxlari töğrisidagi ma'lumotlarni muntazam ravişda özlarining veb-saytlarida joylaştirilişi va taqdim etilişini ta'minlaydi.
Hujjatda belgilanişiça:
ovqatlantiriş autsorsing usulida taşkil etiladigan davlat maktabgaça ta'lim muassasalarida autsorser tomonidan ovqatlantirişni taşkil etiş uçun foydalaniladigan kommunal xizmatlar tölovlari maktabgaça ta'lim muassasasiga ajratilgan Davlat budjeti mablağlari doirasida qoplanadi;
davlat maktabgaça ta'lim muassasasida ovqatlantiriş autsorsing usulida taşkil etilganda, ijara şartnomasi doirasida autsorserga vaqtinça foydalanişga beriladigan oşxonaning işlab çiqariş xonalari, asbob-uskunalari, idiş-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uçun tölov nol stavka böyiça belgilanadi;
ovqatlantiriş autsorsing usulida taşkil etilişi munosabati bilan tejalgan pul mablağlari, birinçi navbatda, davlat maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilarining ovqatlaniş şart-şaroitlarini yaxşilaşga yönaltiriladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi:
maktabgaça ta'lim muassasalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, şuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oşxonalar xodimlari tomonidan sanitariya- gigiyena tadbirlari bajarilişiga rioya etilişini aniqlaş yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holati örganib borilişini taşkil etadi;
Maktabgaça ta'lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgaliqda maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaşni belgilovçi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini uç oy muddatda qayta körib çiqib, zarur hollarda özgartiriş kiritiş çoralarini köradi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2019-2020 öquv yilidan boşlab, oliy ta'lim muassasalarida tegişli yil uçun tasdiklangan umumiy kvotalar doirasida “Umumiy ovqatlaniş texnologiyasi va uni taşkil etiş” yönalişi böyiça talabni inobatga olgan holda oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaş tizimini yölga qöyadi.
Maktabgaça ta'lim vazirligi:
maktabgaça ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvçilarga iste'mol uçun berilayotgan taomlar sifati böyiça qatiy nazoratni ta'minlaydi;
Özbekiston Oşpazlar uyuşmasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda davlat maktabgaça ta'lim muassasalari tomonidan ovqatlantiriş taşkil etilganda oşpazlar va oşpaz yordamçilarining har uç yilda bir marta malakasini oşiriş işlarini taşkil etadi.












