Amerikaning Tesla elektromobillar işlab çiqaruvçi kompaniyasi yilning ikkinçi çoragida 408 mln AQŞ dollari miqdorida zarar kördi. Kompaniya özining moliyaviy hisobotini e'lon qilgaç, uning qimmatli qoğozlari narxi ham 11 foizga arzonladi, deb xabar qilmoqda CNBC. Şu bilan tahlilçilar taxminlari özini oqlamagan.
Tesla rekord miqdorda elektromobillar yetkazib bergani va Model 3 elektromobilini köp sotgan bölsa-da, yilning ikkinçi çoragidagi zarar jiddiy bölgan. Kompaniya daromadi tahlilçilar taxmin qilganidek 6,41 mlrd dollar örniga 6,35 mlrd dollarni taşkil etgan.
Umuman, kompaniya kapitallaşuvi yil boşidan buyon 20 foizdan köproqqa tuşib, 45,43 mlrd dollarni taşkil etmoqda. Garçi hisobot natijasi yaxşi bölmasa-da, kompaniyaning körsatkiçi birinçi çorakdagi 702 mln dollarlik zararga qaraganda sezilarli yaxşilangan.
Şu bilan birga, kompaniya ikkinçi çorakda 87 mingdan ortiq elektromobil işlab çiqargan. Şu muddat vaqt mobaynida mijozlarga 95 mingdan ortiq transport vositasi yetkazib berilgan.
Yil boşida kompaniya boş direktori Ilon Mask birinçi çorakdan boşlab kompaniya yana foydaga çiqişini bildirgan, keyinçalik, birinçi çorak emas, ikkinçi çorakdan işlar iziga tuşib ketişini aytgandi. Endilikda, uning bor umidi uçinçi çorakdan bölmoqda. Bundan taşqari, u Tesla 2019 yil yakuniga köra, 360-400 ming dona elektromobil yetkazib beriş rejasini bajarişidan umidini uzgani ham yöq.












