26 iyul kuni Janubiy Koreyaning Çungnam provinsiyasida Özbekiston fuqarosi N.Yu.ning jasadi topildi. Bu haqda mamlakatimizning Seul şahridagi elçixonasi konsullik bölimi ma'lumotiga tayanib Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Koreya Respublikasi huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan jinoiy iş oçildi, politsiya tergov tadbirlarini amalga oşirmoqda.
Elçixona vaziyatni nazoratga olgan va hozirda marhumaning qarindoşlari bilan birgalikda Özbekiston fuqarosining jasadini vatanga jönatiş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Koreya Respublikasi hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda Seul şahridagi elçixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.













