Lizing yoki kredit şartlarida yetkazib berilgan qişloq xöjalik texnikalari uçun belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida foiz xarajatlarini qoplab beriş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilişi belgilanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2018 yilda qişloq xöjaligiga qişloq xöjaligi texnikalarini yetkazib berişni moliyalaştiriş uçun 2 trln. 237 mlrd. söm mablağ, şu jumladan 1 trln. 667 mlrd. söm budjet mablağlari jalb etildi
«Bugungi kunda texnika parkining 25 foizdan ortiği 15 yildan ortiq qişloq xöjaligida foydalanib kelinmoqda. Şu sababli qişloq xöjaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta'minlaş işlarini izçil davom ettiriş talab etiladi», — deyiladi Moliya Vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini Davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi axborot xizmati axborotida.
Ma'lumot uçun, qişloq xöjaligini texnikalar bilan öz vaqtida işonçli ta'minlaş hamda tijorat banklari mablağlarini jalb etgan holda moliyalaştirişning bozor mexanizmlarini qöllaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi «Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida» gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarordan közlangan asosiy maqsad qişloq xöjalik korxonasining talabiga binoan respublikada işlab çiqarilgan barça turdagi traktorlar, jumladan haydov, çopiq, transport va boğdorçilik traktorlari, uç va undan ortiq korpusli aylanma omoçlar hamda köp vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalarni imtiyozli foizlarda yetkazib berilişini ta'minlaşdir.












