Çet elda özbek oşxonasi yoki restoranini taşkil etayotgan yoki oçgan özbekistonlik tadbirkorlar subsidiya olişlari mumkin böldi.

Qayd etilişiça, uşbu xizmat Turizm qömitasi tomonidan my.gov.uz portali orqali bepul körsatiladi.

Bunda Özbekistonda röyxatdan ötgan tadbirkorlar xorijda milliy restoran taşkil etiş bilan boğliq xarajatlarining 50 foizigaça bölgan qismini subsidiya körinişida qaytarib olişlari mumkin.

Subsidiya oliş uçun murojaat qilinganida restoranning xorijda röyxatdan ötgani va bino huquqini tasdiqlovçi hujjatlar, sanitariya va yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi, amalga oşirilgan xarajatlar va Özbekistondan mahsulot yetkazib beriş hujjatlari hamda restoranning içki va taşqi fotosuratlari lozim böladi.

my.gov.uz orqali topşirilgan ariza 18 iş kuni içida körib çiqiladi va ijobiy qaror qabul qilingaç, subsidiya 7 iş kuni içida bank hisobvarağiga ötkazib beriladi.

Agar arizada kamçiliklar bölsa, ularni tuzatib, qayta topşiriş imkoniyati mavjud.