2 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgaça ta'lim vazirligi rahbariyati iştirokida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi. Unda yillar davomida maktabgaça ta'lim tizimida yiğilib qolgan muammolar hamda yaqin yillarda bu tizimda kutilayotgan özgarişlar haqida söz bordi. Xususan, boğça mudiraligi lavozimiga kadrlarning belgilaniş jarayonidagi özgarişlar haqida ma'lumot berildi.

“Ilgari boğça mudiraligiga bir kişi 25 yillab ötirib olib, pensiyaga çiqqandan keyin ham bu lavozimni öz qizi yoki keliniga “meros” qilib qoldirişi holatlari odatiy bölib qolgan edi. Lekin endi bu holatga çek qöyiladi. Mudiralarni işga oliş sub'yektiv şaklda emas, balki kuzatuv kengaşlari iştirokida amalga oşiriladi. Har bir guruhdan uç nafardan ota-ona, pedagoglar va mahalla fuqarolar yiğini vakillari kiradigan kuzatuv kengaşi boğça mudiraligi lavozimiga nomzodlarni saralab oladi. Nomzodlar öz rejalari, tatbiq etmoqçi bölgan yangiliklari haqida taqdimot qilişadi. Saralangan nomzod Maktabgaça ta'lim vazirligining hududiy boşqarmalariga taqdim etiladi va şu tarzda işga tayinlanadi”, ─ deydi Maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin.

Maktabgaça ta'lim vazirligi faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği Yelena Tenga köra, 2030 yilgaça maktabgaça ta'lim tizimini rivojlantiriş konsepsiyasiga muvofiq, avvalgi boğça mudiralari maktabgaça ta'lim muassasasi direktori deb yuritiladi. Muassasa direktorlari vazirlik huzuridagi markazda zaruriy zamonaviy könikmalar asosida öqitilib, sertifikat beriladi. Ularning pedagogik, boşqaruvçilik salohiyati attestatsiyadan ötkazib boriladi. Ota-onalardan iborat bölgan kuzatuv kengaşi  direktorning işidan qoniqmasa, uni işdan böşatiş böyiça vazirlik boşqarmalariga taklif bilan çiqişi ham mumkin böladi.