AQŞ federal savdo komissiyasi (FTC) monopoliyaga qarşi suriştiruv doirasida Facebook boşqa kompaniyalarni qanday maqsadda sotib olganini tekşiradi, deb yozadi The Wall Street Journal. Naşrning qayd etişiça, FTC Facebook ehtimoliy raqobatçilardan qutuliş va raqobatga tösqinlik qilişni rejalaştirmaganiga işonç hosil qilmoqçi.
Facebook ötgan haftada komissiya tekşiruv olib borayotganini xabar qilgan, ammo tafsilotlarni ma'lum qilmagandi. Naşr manbalarining sözlariga köra, tekşiruvda asosiy e'tibor kompaniya xaridlariga qaratiladi.
Hozirda FTC xodimlari ma'lumotga ega böliş uçun Facebook sotib olgan kompaniyalarning asosçilari bilan boğlanmoqda. Ular Facebook va uning boş direktori Mark Tsukerberg texnologik startaplarni ular keyinçalik ijtimoiy tarmoqqa raqobatçilik qilmasligi uçun sotib olgan-olmaganini aniqlamoqçi.
S&P Global kompaniyasining ma'lumot berişiça, keyingi 15 yil içida Facebook 90ga yaqin kompaniyani sotib olgan.












