Parijda zargarlik dökonidan 1,3 mln yevrolik taqinçoqlar öğirlab ketilişi yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Öğirlikda özini BAAlik malika deb taniştirgan ayol gumon qilinmoqda, deb xabar berdi BFMTV.
Xabarda aytilişiça, 31 iyul kuni zargarlik dökoniga kirib kelgan gumonlanuvçi özini Dubay şayxining xotinlaridan biri, yonidagi ayolni esa çörisi sifatida taniştirgan. Ular qutiga solingan taqinçoqlarni körib çiqişgan.
Ayol qutini qaytarib berib taqinçoqlarni ertasi kuni sotib olişini aytgan. Unga tölov puli tuşişi bilan taqinçoqlarni aytilgan manzilga jönatişga va'da berişgan. Ertasiga pul tuşmagaç, dökondagilar qutini oçişgan va uning içida Maggi buloni bölakçalarini körişgan.
LCI naşrining xabar berişiça, 1,6 mln yevrolik taqinçoqlar Hermel dökonidan öğirlab ketilgan. Qayd etilişiça, soxta malika tillalarni tomoşa qilayotganida uning telefoni bir neça bor jiringlagan va u telefonda gaplaşayotgan çoğida qutiga epçillik bilan taqinçoqlar örniga bulon bölakçalarini solib qöygan.












