Facebook Instagram va WhatsApp ilovalari nomlariga öz brendini ham qöşib qöyadigan böldi. Har ikki ilovada ular «Facebook’ka tegişli» ekanligi ham qayd etiladi. Bu haqda The Information naşri xabar qildi.
Özgariş Apple va Android qurilmalari uçun möljallangan Instagram ilovasida allaqaçon közga taşlandi. Kiriş sahifasiga va ilovaning sozlamalar bölimiga « Facebook’ka tegişli Instagram» degan yozuv joylaştirilgan.
«Biz qanday xizmat va mahsulotlar Facebook’ka tegişli ekanligini aniq körsatib ötmoqçimiz», — deb izohladi kompaniya vakili bu özgarişni.
The Wall Street Journal gazetasining yozişiça, ilovalar nomini özgartiriş orqali Facebook «bu yerda kim xöjayin ekanligini» körsatib qöymoqçi.












