2019 yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Içki işlar xodimi piyodaning ölimiga sababçi böldi. Unga çora köriladimi?” sarlavhali xabar Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan örganib çiqildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, haqiqatdan ham joriy yilning 20 iyul kuni soat 22:35larda, 1985 yilda tuğilgan B.Z. otasiga tegişli Lacetti rusumli avtomaşinani Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, “Xöjakent” mahalla fuqarolari yiğini hududidan ötuvçi 4R12 “Bektemir-Çorboğ” avtomobil qatnov yölining 72-km. böylab, Bektemir yönalişi tomondan Çorboğ yönalişi tomonga qarab boşqarib ketayotib, öz yönalişiga nisbatan çap tomondan, öng tomonga harakatlanib ötayotgan piyoda 1962 yilda tuğilgan S.R.ni avtomaşinaning oldi tomoni bilan urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Natijada S.R. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib boriş jarayonida, haydovçi B.Z. Andijon viloyatida joylaşgan harbiy qismda işlaşi aniqlanib, töplangan hujjatlar Böstonliq tuman prokuraturasiga yuborilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy harbiy prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum böldi.
“Şu örinda ta'kidlaş joizki, ayrim ijtimoiy manbalar notöğri xabarlar tarqatib, Özbekiston Respublikasining “Axborot oliş kafolatlari va erkinligi töğrisida”gi (11-modda, Axborotning töğriligi uçun javobgarlik) va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida”gi (7-modda, Axborotdan hamma erkin foydalanişi mumkinligi va uning haqqoniyligi) Qonunlarini buzib faoliyat olib bormoqdalar va bu bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini notöğri ma'lumotlar bilan ta'minlamoqdalar”, - deyiladi IIV xabarida.












