Misr poytaxti Qohirada yöl-transport hodisasi oqibatida yuz bergan portlaşda 17 kişi halok böldi, 32 kişi jarohat oldi. Bu haqda Misr soğliqni saqlaş vaziri Xalya Zayd ma'lum qildi.
Misr içki işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, yöl-transport hodisasi Qohira markaziy qismidagi Manyal tumanidan ötgan şosseda yuz bergan.
Avtohalokatda bir avtomobil yuqori tezlikda qarama-qarşi yönalişga çiqib, boşqa maşinalar bilan töqnaşgan va bu kuçli portlaş keltirib çiqargan.
Portlaş zarbasidan voqea joyidan bir neça ön metr uzoqlikda joylaşgan saratonni tadqiq qiliş milliy instituti binosi old qismiga şikast yetgan. Oqibatda institutdagi bir neça bemorni evakuatsiya qilişga töğri kelgan.
Misr politsiyasi voqea sabablarini aniqlaştirmoqda.
Dastlabki taxminlarga köra, portlaşga institut hududidagi avtomobilda bölgan kislorod balloni sabab bölgan. Voqea joyida yonğin yuzaga kelgan, u ayni vaqtda öçirilgan.












