Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligi, Içki işlar vazirligining “Avtotransport vositalarini tasarruf etiş va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalarni rasmiylaştiriş böyiça” körsatmani öz kuçini yöqotgan deb topiş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi F–5445-son “2019 yilda vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erişişlarini baholaşning asosiy mezonlari töğrisida”gi farmoyişi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va ularga röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilarini beriş tartibini takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Içki işlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etiş va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalarni rasmiylaştiriş böyiça” körsatmasi öz kuçini yöqotgan deb topiladi.
Qayd etilişiça, mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kiradi.
Amaldagi körsatmaga köra, avtotransport vositalarini tasarruf etiş (oliş-sotiş, almaştiriş, hadya etiş) va ularni boşqariş huquqini beruvçi işonçnomalar rasmiylaştirilganida vakolatnoma oluvçiga uning ikki nusxasi beriladi. Işonçnomaning bir nusxasi hududiy DAN boşqarmalarining "Röyxatlaş va imtihon bölim (bölinma)larida» qoldiriladi. Notarius tomonidan mazkur vakolatnoma matnida: "u tegişli avtomobil nazorati idorasida 10 kun içida belgilangan tartibda röyxatdan ötkaziladi va röyxatdan ötkazilmagunga qadar haqiqiy emas deb hisoblanadi" deb yozilişi şart.
Adliya vazirligi işonçnoma bilan boğliq holatga oydinlik kiritdi











