Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani markazidan ötgan asosiy köça yoqasida ötqazilgan arça köçatlari qurib ketdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil 30 aprelda Surxondaryo viloyatiga safar qilgan va öz taşrifini Sariosiyo tumanidan boşlagan edi.
Mahalliy aholi vakillarining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişlariça, arçalar uşbu taşrifga tayyorgarlik doirasida haşar yöli bilan ötqazilgan.
Uşbu fotosuratlar Sariosiyo tumani markazidagi «Afrosiyob» mahallasidan ötgan asosiy köçada olingan. Katta pul sarflab xarid qilingan minglab arça nihollari bilan bir qatorda ekilgan gullar allaqaçon qovjirab, yöq bölib ketgan.



Har kuni şu köçadan tuman rahbarlari va obodonçilik uçun mas'ul boşqa mansabdorlar ötadi, lekin ular mazkur holatga beparvo bölişmoqda.







Öz muxbirimiz.
Foto: Xonobodda «arçalar qabristoni»











