3-avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sangardak mahallasidagi Uzun örmon xöjaligiga qaraşli yer maydonida daraxtlarni qöporiş va ularga şikast yetkaziş holatlari qayd etilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, qariyb 100-yillik 11 tup Zarafşon arçasi qöporilgani aniqlangan.

Ekologiya milliy qömitasi Ekopolitsiyasi, Boş prokuratura, viloyat hokimligi hamda ekologiya hududiy boş boşqarmasi vakillaridan iborat işçi guruh vaziyat yuzasidan örganiş işlarini olib bormoqda.

Ayni damda daraxtlarga yetkazilgan ekologik zarar miqdorini aniqlaş, quriliş işlarining amaldagi ekologik qonunçilik talablariga muvofiqligiga huquqiy baho beriş hamda aybdor şaxslarni belgilaşga doir örganişlar olib borilmoqda.