Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qölga oliş maqsadida uning Koy-Taş qişloğidagi qarorgohi şturm qilinişi boşlangan vaqtda u öşa yerda bölgan. Bundan Facebook foydalanuvçisi Mirbek Aytikeyev e'lon qilgan video guvohlik bermoqda.
Videoda Atamboyev uyiga töplangan odamlar bilan söraşayotgani, şturm boşlangan vaqtda esa uni tansoqçilari şoşilinçda xavfsiz joyga olib ketayotganlarini köriş mumkin.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, maxsus kuçlar sobiq prezident qarorgohi joylaşgan qişloq hududini tark etganlar. Şturm vaqtida maxsus kuçlarning bir neça xodimi Atamboyev tarafdorlari tomonidan garovga olingan.
Qirğiziston içki işlar vaziri örinbosari Kursan Asanov Atamboyevning tarafdorlari bilan 8 avgust ertalab maxsus jangçilarning qöyib yuborilişi böyiça kelişib olgan.












