Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlaş va sinaş davlat markazini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.

Quyidagilar qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni sinaş tizimini isloh qilişning eng muhim yönalişlari etib belgilanadi:

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar, qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişning resurstejamkor zamonaviy texnologiyalari sinovlarini texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi amaldagi hujjatlarni xalqaro standartlar talablari asosida takomillaştiriş;

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar, ularning agregatlari va qismlari Özbekiston Respublikasi tuproq-iqlim şaroitlarida samarali qöllanilişi va ularning işonçliligini tekşiriş maqsadida barça turdagi (davlat, dastlabki, qabul, davriy, malaka, tur, sertifikatsiya va takroriy) sinovlarni ötkaziş;

ularning texnik tavsiflarini texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlaş maqsadida sertifikatlaş işlarini rivojlantiriş;

zamonaviy qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni qöllagan holda qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda resurstejamkor zamonaviy va ilğor texnologiyalar sinovlarini ötkazilişini bosqiçma-bosqiç joriy etiş;

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni sinaş uçun ajratilgan sinov poligoni yer resurslaridan samarali foydalaniş;

moddiy texnika bazani mustahkamlaş va sinov laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta'minlaş;

sohani malakali kadrlar bilan ta'minlaş hamda xodimlarni moddiy rağbatlantirişni yaxşilaş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş.

Markaz direktori:

a) Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

b) Markaz direktorining örinbosarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar, qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişning resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarini sinovlardan ötkaziş böyiça texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi standartlar, uslubiy hujjatlar va normativlarni takomillaştiriş;

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar, ularning agregatlari va qismlarini sertifikatlaş, barça turdagi (davlat, dastlabki, qabul, davriy, malaka, tur, sertifikatsiya va takroriy) sinovlarni ötkaziş;

zamonaviy qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarini qöllagan holda qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda resurstejamkor zamonaviy va ilğor texnologiyalar sinovlarini ötkaziş;

davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov işlarini amalga oşiriş;

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni sinaş sohasida rivojlangan davlatlarning sinov markazlari bilan hamkorlik qiliş, sohaga innovatsion loyihalar va investitsiyalarni jalb qiliş, malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlaş.

Belgilab qöyilişiça, Markaz:

qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar, ularning agregatlari va qismlari, qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştirişda resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni sinovlarini va sertifikatlaştiriş işlarini ötkaziş sohasida Respublikada yagona davlat taşkiloti hisoblanadi;

ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiriş xuquqiga ega bölgan davlat ilmiy muassasasi şaklidagi yuridik şaxs bölib, u Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekiston qişloq xöjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalaş va sinaş davlat markazining huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi;

Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor taşkilotlarning grantlari, şartnomalar böyiça bajariladigan işlardan olinadigan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi;

xodimlariga Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya şartlari tatbiq etiladi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

a) Respublikada işlab çiqarilayotgan va import qilinayotgan barça turdagi qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalari mulkçilik şaklidan qat'iy nazar Özbekiston Respublikasi tuproq-iqlim şaroitlarida texnikalarni samarali qöllanilişi va ularning puxtalik körsatkiçlarini tekşiriş maqsadida Markazda majburiy tartibda sinovdan ötkaziladi;

b) Markazning qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarni sinovdan ötkaziş işlarini bajariş böyiça kelgusi yil uçun sinovlarni amalga oşiriş rejasi sohaga taalluqli taşkilotlar hamda xususiy ta'minot korxonalari tomonidan keyingi yil uçun rejalaştirilgan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarini işlab çiqariş va import qiliş hajmi böyiça taqdim etilgan ma'lumotlari asosida işlab çiqiladi va Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

v) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasining respublikada foydalanilayotgan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarda tez-tez takrorlanadigan nosozliklar töğrisidagi ma'lumotlari asosida Markaz tomonidan takroriy sinovlar ötkaziladi;

g) Respublikada işlab çiqarilgan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar quyidagi muddatlarga qat'iy rioya etgan holda davriy sinovlarga taqdim qilinadi:

traktorlar va öziyurar maşinalar - har ikki yilda bir marta;

qişloq xöjaligi va meliorativ maşinalari - har uç yilda bir marta;

muntazam ravişda turkumlab import qilinadigan (bir yilda 5 ta va undan ortiq) qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalari - har ikki yilda bir marta;

d) Markaz Respublika maşinasozlik korxonalari tomonidan işlab çiqariladigan va import qilinadigan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalari hamda zamonaviy va ilğor texnologiyalarining yagona davlat reyestrini yuritadi. Bunda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişida qöllaş uçun qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalar yagona davlat reyestriga kiritilgan texnikalargina respublikada foydalanişga ruxsat etiladi;

ye) birinçi bor sinovga taqdim qilinayotgan qişloq xöjaligi texnikalarini avvalgi sinovlardan ijobiy ötgan texnikalarga soliştiriş maqsadida “Özagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvçi hamda respublikaning mulkçilik şaklidan qat'iy nazar qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqaruvçi barça mahalliy korxonalarning ijobiy sinovdan ötgan qişloq xöjaligi va meliorativ texnikasining namunasi 3 yil muddatdan keyin tegişli oliy öquv yurtlariga amaliy maşğulotlarni taşkil etiş uçun beğaraz ötkazib beriş şarti bilan Markazga rasmiylaştirib beriladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspeksiyasi, Qişloq xöjaligi vazirligi bir oy muddatda qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarini yagona davlat reyestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan ötmagan texnikalarni yetkazib berganlik va foydalanganlik uçun javobgarlikni belgilaş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Markaz Toşkent viloyati, Yangiyöl tumani, Gulbahor şaharça, Yoşlik köçasi, 5-uyda joylaştiriladi.