Joriy yilning sentabr oyidan boşlab intellektual mulkka egalik böyiça röyxatdan ötiş Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriladi. Bu haqida “Intellektual mulk agentligida korrupsiyaga qarşi kuraş va uning oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
“Hozirda intellektual mulk uçun egalik huquqini röyxatdan ötkazişni istovçilar bevosita agentlikning öziga murojaat qilişadi. Agentlik va arizaçilar örtasidagi bevosita muloqotni çeklaş, murojaatçilarga qulaylik yaratiş maqsadida röyxatdan ötkaziş jarayoni davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilişi kutilmoqda. Bu böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlangan, hozirda muhokama jarayonida. Ikki haftadan söng bu jarayon test rejimida işlay boşlaşi, sentyabrda töliq işga tuşişi möljallangan”, ─ deydi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktor örinbosari vazifasini bajaruvçi Anvar Rahmatov.
Matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, intellektual mulkka egalik huquqini e'tirof etiş jarayonida korrupsion holatlarning oldini oliş maqsadida agentlik tizimida muloqotning front ofis şakli yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
“Intellektual mulkka egalik böyiça röyxatdan ötiş uçun ariza topşirganlar va ekspertlar guruhi örtasida bevosita muloqotning yuzaga kelmasligi, şaffoflikni ta'minlaş uçun yaqin kunlarda front ofis tizimi yölga qöyiladi. Ya'ni arizaçi va uning arizasini körib çiqadigan şaxs örtasida blog böladi, ularning qayerda, qay tartibda muloqot qilişi, kameralar kuzatuvi ostida bölişi, mutaxassisning faqatgina mansab yöriqnomasidan kelib çiqqan holda ma'lumot berişi qat'iy belgilab qöyiladi”, ─ deydi agentlik yuridik bölimi boş yuriskonsultanti Gulçehra Yusupxonova.
Bayon qilinişiça, intellektual mulkka egalik böyiça röyxatdan ötkaziş jarayonidan norozi bölgan murojaatçilar uçun apellyatsiya kengaşi taşkil etilişi belgilangan. Bu nizolarni sudgaça bölgan jarayonda körib çiqiş imkonini beradi. Ariza beruvçi öz arizasiga berilgan javobdan norozi bölsa, noqonuniy guvohnomalar berilişiga şubha bölsa, Adliya vaziri raislik qiluvçi apellyatsiya kengaşiga murojaat qilişi mumkin böladi. Şaffoflik va obektivlikni ta'minlaş maqsadida mazkur kengaş a'zolarining 30 foizida Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligi xodimlari, 70 foizida boşqa idora va taşkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinadi. Apellyatsiya kengaşining qaroridan ham norozi bölganlar bu qaror ustidan olti oy içida sudga murojaat qilişi mumkin.












