Maʼlumotnomani my.gov.uz orqali qanday oliş mumkin?

Maʼlumotnoma şaxsning Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi ekanini tasdiqlaydi. U tegişli talablar asosida davlat tomonidan beriladigan yordam va imtiyozlardan foydalaniş uçun kerak bölişi mumkin. Biroq maʼlumotnomaning özi nafaqa yoki boşqa imtiyozlar avtomatik ravişda tayinlanişini anglatmaydi.

Maʼlumotnomani davlat idoralariga bormasdan, onlayn oliş mumkin. my.gov.uz portalida uşbu xizmat «Oilaviy ijtimoiy reyestrga kiritilgani töğrisida maʼlumotnoma» deb nomlanadi.

Image
Kun.uz

Buning uçun:

1.     maʼlumotnoma oliş sahifasiga öting.

2.     Portalda avtorizatsiyadan öting.

3.     Elektron sörov jönating.

4.     Tayyor hujjatni oling.

Maʼlumotnoma avtomatik va bepul tayyorlanadi. Qöşimça hujjatlar talab qilinmaydi.

Qaysi oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritiladi?

2026-yil 1-fevraldan Özbekistonda yagona Ijtimoiy reyestr faoliyat yuritmoqda. Unga davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga muhtoj oilalar kiritiladi. Bunda oilaning daromadi, aʼzolarining mehnatga layoqati va boşqa holatlar hisobga olinadi.

2026-yilda minimal isteʼmol xarajatlari bir kişi uçun oyiga 715 ming sömni taşkil etadi. Oilalarning toifasini belgilaşda uşbu körsatkiçdan foydalaniladi.

Summalar 2026-yil oktabr holatiga keltirilgan.

Oila toifasi