Maqoladagi maʼlumotlar 2026-yil 1-sentabr holatiga koʻra keltirilgan. Harbiy xizmat tartibi va badal miqdori qonunchilikdagi oʻzgarishlarga qarab farq qilishi mumkin.

Kimlar bir oylik xizmatga borishi mumkin va u qancha turadi?

Bir oylik harbiy xizmatga quyidagi shaxslar olinadi:

  1. 18–27 yosh oraligʻidagi erkaklar;

  2. sogʻligida ayrim cheklovlar boʻlsa ham, xizmatga yaroqli deb topilganlar;

  3. oʻqish, oila yoki sogʻliq sababli harbiy xizmatni kechiktira olmaydiganlar;

  4. muddatli xizmatga chaqirilmaganlar.

Xizmat hududiy prinsip asosida tashkil etiladi va bir marta bir oylik harbiy yigʻinda qatnashadi.

Bir oylik harbiy xizmat narxi qancha?

Bir oylik harbiy xizmat toʻlovi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 7 barobariga teng. 2026-yil 1-sentabrdan MHTEKM 1 mln 360 ming soʻm belgilangan. Demak, bir oylik harbiy xizmat uchun 9 mln 520 ming soʻm toʻlov qilinadi. Badal 12 oyga boʻlib toʻlansa, oyiga 793 333 soʻmdan toʻgʻri keladi.

Kimlar xizmatni bepul oʻtashi mumkin?

Oilangiz Ijtimoiy reyestrda boʻlsa, xizmat bepul. Bu imtiyoz 18–27 yoshdagi oila aʼzolariga tegishli.

my.gov.uz portali orqali oilangiz Ijtimoiy reyestrga kiritilgani haqida maʼlumotnoma oling. Bu xizmat bepul va maʼlumotnoma darhol tayyor boʻladi.

my.gov.uz portalidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning aʼzosi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot olish sahifasi.