2026-yil 1-apreldan nimalar özgardi?

Işlab çiqarilganiga ön yildan oşmagan M, N, O va G toifalaridagi transport vositalari, şuningdek, maxsus avtotransport vositalarini sotib oliş va sotişda hisob-kitoblar naqd pulsiz şaklda amalga oşiriladi.

Xaridor pulni sotuvçiga naqd şaklda bermaydi. Tölov bank orqali eskrou mexanizmi orqali amalga oşiriladi. Bank notariusga mablağ mavjudligini tasdiqlaydi, şartnoma notarial tasdiqlanganidan keyin pul sotuvçining hisobvarağiga ötkaziladi.

Alohida eskrou-hisob oçiş kerakmi?

Har bir oldi-sotdi şartnomasi uçun bitta eskrou hisobvaraği közda tutiladi. Biroq bu har doim ham xaridor yangi bank hisobvarağini oçişi kerakligini anglatmaydi.

Agar eskrou qoidalariga töğri kelsa, bank xaridorning mavjud hisobvaraği, bank kartasi yoki elektron hamyonidan foydalanişi mumkin.

Rasmiylaştiriş uçun xaridor bankka murojaat qiladi va tegişli şartnomani tuzadi. Agar bankda imkoniyat mavjud bölsa, arizani elektron şaklda ham topşiriş mumkin.

Agar pul naqd bölsa

Naqd pulni bank kassasi orqali hisobvaraqqa kiritiş mumkin. Bunda ham avtomobil uçun tölov naqd pulsiz amalga oşirilgan hisoblanadi.

Zarur mablağ hisobvaraqqa joylaştirilganidan keyin bank bu haqda notariusga xabar beradi. Şartnoma notarial tasdiqlanganidan söng notarius bankka bitim amalga oşirilganini tasdiqlovçi elektron xabar yuboradi.

Sotuvçi pulni qaçon oladi?

Agar bank notariusdan tasdiqni iş kuni davomida olsa, pul öşa kunning özida ötkaziladi. Agar tasdiq bankning iş vaqti tugaganidan keyin kelib tuşsa, pul keyingi iş kunida ötkaziladi.

Agar bitim amalga oşmasa

Agar notarius şartnomani tasdiqlamasa, xaridor eskrou hisobvarağidagi pulni qaytariş uçun bankka murojaat qilişi mumkin. Bank xizmatlari uçun tölangan komissiya qaytarilişi yoki qaytarilmasligi şartlarini alohida aniqlaştiriş lozim.