Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani AQŞ va “Tolibon” harakati örtasidagi muzokaralar ortida mamlakat içki işlariga aralaşuvga yöl qöyib bölmasligini aytdi. Bu haqda 1TV telekanali ma'lum qildi. 

“Bizning kelajak taşqaridan, döstlarimiz, duşmanlarimiz va qöşnilarimiz poytaxtlarida hal qilinmasligi kerak. Afğoniston taqdiri bu yerda, vatanimizda hal qilinadi. Biz işlarimizga kimdir aralişişini istamaymiz”, deb aytgan Ğani Qurbon hayit namozidan keyin.

Ğanining ta'kidlaşiça, Afğonistonda sentyabrda ötadigan prezident saylovlari u uçun hal qiluvçi böladi va unga “oğir qarorlar” qabul qiliş va ularni amalga oşiriş böyiça keng vakolatlarni beradi.

AQŞ va “Tolibon” Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş va amerikalik harbiylarning olib çiqilişi böyiça muzokaralar olib bormoqda. Bu muzokaralar ularga taklif qilinmagan Afğonistonda norozilik keltirib çiqargan. AQŞ Afğoniston rahbariyati uşbu jarayonda iştirok etişi kerak, deb hisoblamoqda.