Fiat Chrysler Automobiles Italiya-Amerika konserni Özbekiston avtomobil sanoatiga sarmoya kiritmoqçi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Yusuf Hajasga tayanib, «Özbekiston24» telekanalining «Tahlilnoma» körsatuvida xabar qilindi, deb yozmoqda Spot.

«Fiat Chrysler Automobiles respublikada çet el sarmoyasini jalb etgan holda avtomobillar işlab çiqaradigan korxona taşkil etiş orqali sanoat hamkorligini örnatişdan manfaatdordir», - deydi Hajas.

Uning sözlariga köra, kompaniya tomonidan Turkiyada amalga oşirilayotgan Tofaş loyihasidan Özbekistonda korxona taşkil etiş uçun qöllanma sifatida foydalaniş taklif qilinmoqda.

Tofaş - yengil avtomobillar işlab çiqaruvçi turk kompaniyasi. Kompaniya Fiat Chrysler Automobiles hamda Koç Holdinğga tegişli. U Turkiyada ham yengil avtomobillar, ham yengil tijorat transport vositalarini işlab çiqaradigan yagona avtomobil işlab çiqaruvçidir. Tofaş Fiat, Citroen, Peugeot, Opel va Vauxhall brendlari ostida avtomobillar işlab çiqaradi.

Xabar berilişiça, bugungi kunda Özbekiston Fiat brendi ostida Tipo, Fiorino va Doblo modellarini işlab çiqaradigan ikkinçi korxona taşkil qiliş uçun eng maqbul joy sifatida qaralmoqda.

«Bundan taşqari, 2021 yilda Tofaş krossoverlar işlab çiqarişni boşlaşni rejalaştirmoqda va kelajakda Özbekistonda ham işlab çiqarilişi mumkin bölgan pikap modelini işlab çiqiş ustida işlamoqda», - dedi Hajas.