Anqara Vaşington Turkiyani F-35 qiruvçi samolyotlari dasturidan çiqarib yuborganidan söng, Rossiyadan Su-35 köp maqsadli qiruvçi samolyotlarini sotib oliş imkoniyatini körib çiqmoqda, deb xabar berdi Turkiyaning “Yyeni şafak” naşri.

Naşrning ma'lum qilişiça, Turkiya qurolli kuçlari uçun xaridlarga mas'ul bölganlar harbiylarga Su-35’ni sotib oliş variantini örganişni sörab murojaat qilişgan. Agar harbiylar Su-35’ni sotib oliş imkoniyatini ma'qullasa, Anqara “Rosoboroneksport” bilan rasmiy muzokaralarni boşlaydi.

Su-35 - 4++ avlodidagi çuqur modernizatsiya qilingan, yuqori boşqariluvçan, köp maqsadli qiruvçi samolyoti bölib, “Suxoy” kompaniyasining ma'lumotlariga köra, unda 5-avlod texnologiyasidan foydalanilgan. Su-35 qiruvçi samolyotlarining birinçi xorijiy buyurtmaçisi 2015 yilda Xitoy bölgan. Bungaça Su-35 samolyotidan faqatgina Rossiya aerokosmik kuçlari foydalangan.

Vaşington bir neça bor Turkiyaga Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlari xaridi uçun sanksiyalar bilan tahdid qilgan va uni F-35 dasturidan çiqarib yuborgan.