Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati faoliyatida avtomobil transporti va ulardan foydalanişga oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimini joriy etiş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Nizomga asosan avtomobil transportidan foydalanişga oid qoidabuzarlik va huquqbuzarlik xavfini tahlil etiş tizimi Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) va uning hududiy boşqarmalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti asosida nazorat ostidagi tadbirkorlik sub'yektlarini elektron tarzda inson omili aralaşmagan holda tahlil qiliş orqali amalga oşiriladi.

Dasturiy mahsulot xavfni tahlil etiş tizimini DYHXXdagi mavjud içki ma'lumotlar bazasiga asosan quyidagi yönalişlarda:

yöl-transport hodisalarining oldini oliş;

yönalişga çiqayotgan avtotransport vositalarining texnik holatini örganilmasligi;

yönalişga çiqayotgan haydovçilarning reys oldi tibbiy körikdan ötkazilmasligi;

haydovçilarning davriy tibbiy körikdan ötişi ta'minlanmasligi;

inson hayoti va soğligiga tahdid soluvçi holatlarning oldini oliş;

transport xizmatiga faqat malakali taşuvçilarning jalb etilişi, texnik reglament, standartlar, qoidalar va yöl harakati xavfsizligi me'yorlariga mos va texnik jihatdan soz bölgan transport vositalari qöyilganligini tahlil qiladi.

Dasturiy mahsulot, belgilangan yönalişlarga asosan, transport vositalarida xizmat körsatuvçi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini töliq tahlil qiladi hamda yakuniy natijalarni ballik tizim orqali, avtomobil transporti va ulardan foydalanişga oid huquqbuzarlik xavfi darajasi doirasida baholaydi.

Dasturiy mahsulot orqali ballik tizim tahlili natijalariga köra transport xizmati sohasiga oid qoidabuzarlik va huquqbuzarlik sodir etiş xavfi darajasi quyidagi uç toifaga ajratiladi:

transport xizmati sohasiga oid qoidabuzarlik yoki huquqbuzarlik sodir etiş xavfi kiçik bölgan tadbirkorlik sub'yektlari;

transport xizmati sohasiga oid qoidabuzarlik yoki huquqbuzarlik sodir etiş xavfi örtaça bölgan tadbirkorlik sub'yektlari;

transport xizmati sohasiga oid qoidabuzarlik yoki huquqbuzarlik sodir etiş xavfi yuqori bölgan tadbirkorlik sub'yektlari.

Yöl-transport hodisalari hamda inson hayoti va soğligiga tahdid ehtimoli, şuningdek yetkazilgan moddiy zarar va taşuvlar turiga asosan xavf-xatar darajasi aniqlanib xulosa qilinadi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan DYHXX hududiy organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarida avtomobil transportida harakat xavfsizligini ta'minlaşga oid qoidabuzarlik yoki huquqbuzarlik sodir etiş xavfi darajasidan kelib çiqib, bir kunlik tekşiruvlar uçun vakolatli organga tekşiruv ötkaziş töğrisida taşabbus bilan murojaat etiladi.
 
DYHXX tomonidan transport xizmati sohasiga oid qoidabuzarlik yoki huquqbuzarlik sodir etiş xavfi yuqori bölgan tadbirkorlik sub'yektlari ma'lumotlar bazasidan avtotransport vositalari soni 1 tadan 10 tagaça, 11 tadan 25 tagaça, 26 tadan 50 va undan ortiq bölgan tadbirkorlik sub'yektlari röyxati şakllantirib boriladi.

DYHXX hududiy organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarida prokuratura, tergov idoralari, hukumat topşiriği asosida tekşiriş ötkazilişi mumkin.

Avtomobil transportida harakat xavfsizligini ta'minlaşga oid huquqbuzarlik sodir etiş xavfi yuqori bölgan tadbirkorlik sub'yektlarida prokuror nazoratini örnatiş uçun aniqlangan ma'lumotlar DYHXX tomonidan prokuratura organlariga taqdim etib boriladi.

Avtotransport xizmati sohasiga oid qoidabuzarlik yoki huquqbuzarlik sodir etiş xavfini tahlil etiş natijalaridan norozi bölgan şaxslar qonunda belgilangan tartibda yuqori turuvçi organga yoki sudga şikoyat qilişga haqli.