Vazirlar Mahkamasining “Yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş işlarini muvofiqlaştiriş va axborot-kutubxona faoliyatiga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar:

Yoşlarni axborot-kutubxona muassasalari va umumta'lim maktablari hamda mahalla kutubxonalariga jalb etiş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng tarğib qiliş böyiça “Yöl xaritasi”;

umumta'lim maktablari öquvçilarini, ularga tutaş hududdagi mahalla yoşlarini kitobxonlikka jalb etiş, darsdan va boşqa faoliyat turidan böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş böyiça taşkil etiladigan tögaraklar röyxati;

viloyat tuman, şaharlari hokimliklariga kitobxonlik masalalari böyiça biriktirilgan ijodiy maslahatçilar röyxati;

viloyatdagi yoşlarni kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatiga keng jalb etiş yönalişida tögarak rahbari va (ona tili va adabiyoti fanlari) öqituvçilarni malaka oşirişga jalb etiş jadvali;

“Yöl xarita”da belgilangan çora-tadbirlar amalga oşirilişini taşkillaştiriş va monitoring olib boriş böyiça respublika işçi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.

Belgilanişiça, “Yöl xarita”ga muvofiq yoşlarni kitob mutolaasi va kitobxonlikka keng jalb etiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş işlarini amalga oşirişda birinçi navbatda umumta'lim maktablari imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

a) Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar bosqiçma-bosqiç Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan “Kitob karvoni” loyihasi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga har biri uçun bir million nusxadan kam bölmagan miqdorda badiiy-ma'rifiy va ijtimoiy mavzulardagi, şuningdek bolalar va ösmirlarga möljallangan adabiyotlarni çop etilişi va ta'lim muassasalariga yetkazib berilişini ta'minlaydi;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Agentlik bilan birgalikda agentlik tizimidagi axborot kutubxona muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tölaş va rağbatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Yoşlar ittifoqi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda yoşlarni kitob mutolaasi va kitobxonlikka keng jalb etiş borasidagi barça mavjud imkoniyatlardan samarali va töliq foydalangan holda öquvçi-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida axborot-kutubxona va umumta'lim maktablarida yoşlarning qiziqişlaridan kelib çiqib, kitobxonlik tögaraklari faoliyatini yölga qöyadi.

Bunda:

a) Yoşlar ittifoqi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Xalq ta'limi vazirligi:

tögaraklar faoliyatini taşkil etiş, tögaraklarni tegişli kadrlar bilan ta'minlaş, axborot-kutubxona va umumta'lim maktablarida muntazam turli tadbirlar, körik-tanlovlar ötkaziş, ularning mazmundorligini ta'minlaş böyiça;

tögaraklar faoliyat yuritişi, tadbirlar ötkazilişi uçun zarur böladigan xonalar ajratiş va tegişli şart-şaroit yaratiş, ularga
öquvçi-yoşlar qatnovini yölga qöyiş böyiça;

b) Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari va Moliya vazirligi axborot-kutubxona va umumta'lim maktablarida tögaraklarni taşkil etiş uçun zarur böladigan kitob va öquv-qöllanmalar hamda kerakli jihozlaş asosida boşqa inventarlarni budjet mablağlari hisobidan moliyalaştirilişini ta'minlaş böyiça mas'ul etib belgilanadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Xalq ta'limi vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi takliflari asosida tögaraklar uçun zarur böladigan kitob va boşqa inventarlarning xarid qilinişi masalalarini hal etadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda yoşlarni vatanparvarlik, milliy ğoyaga sadoqat, mehr-oqibat, ilm-fanga oşno, har tomonlama komil insonlar bölib tarbiyalanişlari uçun ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning taşkil qilinişini ta'minlab boradi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Xalq ta'limi vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyatining:

şoir va yozuvçilarni har bir viloyat tuman (şahar)lari hokimlariga kitobxonlik masalalari böyiça ijodiy maslahatçi sifatida jamoatçilik asosida biriktiriş;

ijodiy maslahatçilarni har oyda bir marotaba joylarga xizmat safariga borib-kelişi uçun bepul temiryöl çiptalari bilan ta'minlaş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Har bir viloyat tuman (şahar) hokimliklari maslahatçi sifatida biriktirilgan malakali mutaxassislar bilan faol hamkorlikni yölga qöysin hamda ularning joylarda samarali faoliyat yuritişlari uçun yetarli şart-şaroit yaratadi.

Xalq ta'limi vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda joriy öquv yilida viloyatdagi umumta'lim maktablarining kitobxonlik yönalişidagi tögarak rahbarlari va öqituvçilarining malaka oşiriş kurslarini har bir viloyat xalq ta'limi boşqarmasi qoşidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazida taşkil etiş çoralarini köradi.

malaka oşiriş kurslarida maşğulot ötkaziş uçun sohaning malakali, yetuk mutaxassis va öqituvçilari jalb etiladi hamda ularning oylik maoşlari örnatilgan tartibda qoplaş çoralari köriladi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi yoşlarni kitob mutolaasi va kitobxonlikka keng jalb etiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş borasidagi vazifalarni amalga oşirişda muntazam ravişda tegişli tahliliy işlarni olib boradi, yoşlarning axborot-kutubxona va umumta'lim maktablaridagi tögaraklarga qatnaşi, uşbu joylarda ötkazilayotgan tadbirlarning mazmundorligini örganiş böyiça doimiy monitoring yuritadi hamda natijalari böyiça tegişli idoralarga tavsiyalar berib boradi.