Quyi palata maʼlumotiga köra, 13-oktabr kuni deputatlar «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritişga qaratilgan loyihani muhokama qildi.

Loyihada respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natija körsatgan muddatli harbiy xizmatçilar uçun rağbatlantiriş çorasi sifatida xizmat muddatini bir oyga qisqartiriş közda tutilgan.

Muhokamalarda bu çora harbiylar örtasida kitob mutolaasini ommalaştiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda ularning maʼnaviy-intellektual salohiyatini oşirişga xizmat qilişi taʼkidlangan.

Şuningdek, loyiha bilan oliy harbiy, jumladan, xorijiy oliy harbiy taʼlim muassasalarining uçuvçi mutaxassisligi böyiça bitiruvçilari bilan yangi kontrakt tuzişning huquqiy asoslarini belgilaş taklif etilmoqda.

Deputatlar uşbu normalar malakali uçuvçilarning kasbiy salohiyati va köp yillik tajribasidan samarali foydalaniş, harbiy aviatsiyani rivojlantirişga imkon berişini qayd etgan.

Muhokamalar yakunida qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilingan. Bu xizmat muddatini qisqartiriş tartibi hozirdan kuçga kirganini anglatmaydi.