Amerikaning örta va kiçik masofaga möljallangan raketalarini Yevropaga joylaştiriş böyiça heç qanday reja mavjud emas, dedi AQŞning Moskvadagi elçisi Jon Xansman.

"Bu mavzuda köplab taxminlar böldi, ammo men aniq gap eşitmadim. Darvoqe, Rossiya rahbariyati bilan bu mavzu muhokama qilingani yöq. Doim tahdid mavjud va doim Qöşma Ştatlar aybdor", - dedi Xansman "Exo Moskvi" radiostansiyasi efirida.

"Ammo uşbu haftada yangi mudofaa vazirimiz bergan javobga köra, hattoki bu toifadagi qurollarga ehtiyoj sezilgan taqdirda ham ular Yevropaga emas, Osiyo-Tinç okeani hududidagi orollarning birinçi zanjiriga joylaştiriladi", - deb qöşib qöydi u.

AQŞ 2 avgust kuni Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnomadagi iştirokini rasman töxtatdi. Bunga javoban Rossiya ham şartnomaning amal qilişi tugaganini bildirdi.