NATOning F-18 qiruvçi samolyoti Boltiq dengizi ustida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning samolyotiga uni indentifikatsiya qiliş uçun yaqinlaşgan. Bu haqda NATO vakiliga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Rossiya samolyoti NATO hududiga yaqin uçgan va şu sababli u tomon NATOning Boltiqda havo hududini patrullaş tarkibidan qiruvçi samolyotlar jönatilgan. “Samolyot tanilişi bilanoq NATO samolyotlari bazaga qaytgan”, deb aytgan NATO vakili.
Uning aytişiça, alyansda Rossiya samolyoti bortida kim bölganidan bexabar bölişgan.
Ispaniya OAVda ma'lum qilinişiça, NATO samolyoti F/A-18 Hornet samolyotiga öxşaş bölgan, u Ispaniyaga qaraşlidir. Samolyot Litvaning Şyaulyayye şahrida NATO missiyasi doirasida vaqtinçalik joylaştirilgan.
13 avgustda NATOning F-18 samolyoti Şoygu ketayotgan samolyotga yaqinlaşişga uringan. Vaziyatga samolyotni kuzatib borgan ikkita Su-27 samolyoti aralaşib, NATO samolyotini nariga ketişga majbur qilgan. Uşbu holat videoda qayd qilingan.












