- Germaniyaning Rossiya NATOga hujum qilişi haqidagi xavotirlari qançalik asosli?
Anvar Yöldoşev, tarix fanlari doktori, siyosiy fanlar nomzodi:
- Rossiyaga işonç yöq, u hujum qilişi mumkin, degan qaraşlar bor. Men esa bu masalaga biroz boşqaçaroq qarayman. Hozir Rossiyaning iqtisodiy ahvoli ança oğir. Iqtisodiyotdagi ösiş avvalgidek emas. Tört-beş yillik uruşdan aholi ham, jamiyat ham çarçadi. Iqtisodiyot, hatto harbiy soha ham katta bosim ostida. Bunday şaroitda Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qiliş ehtimoli past.
Putinning Valday forumida aytgan gaplari köproq siyosiy ritorika, namoyişkorona kuç işlatiş va qörqitişga qaratilgan. Yaʼni Ğarbga bosim ötkaziş vositasi sifatida körinadi. Şaxsan men Rossiya hozir NATO davlatlariga qarşi bevosita harbiy harakat boşlaydi, deb öylamayman. Biroq Yevropa davlatlarining xavotirini ham tuşuniş mumkin. Rossiya kelajakda hujum qilişi mumkin, degan ehtimolni butunlay inkor etib bölmaydi. Balki beş yildan keyin, balki ön yildan keyin.
Ammo hozir Rossiyaning boşqa davlatga qarşi keng kölamli yangi uruş boşlaş uçun imkoniyatlari çeklangan. Agar Rossiya Donbassni töliq egallasa ham, bu uning harbiy maqsadlari şu bilan tugaydi, degani emas. Mening şaxsiy fikrimça, vaqt ötişi bilan Odessa va Nikolayev masalasi ham kun tartibiga çiqişi mumkin. Rossiya uçun Qora dengiz strategik jihatdan juda muhim. Şu sababli Moskvaning mintaqadagi taʼsirini kengaytirişga intilişi ehtimoli bor. Ammo hozir Rossiyaning bunday keng kölamli maqsadlarga erişiş uçun yetarli harbiy va iqtisodiy imkoniyatlari yöq, deb hisoblayman.
Kamoliddin Rabbimov, siyosatşunos:
- Hozir Rossiyada bunday uruş uçun yetarli resurs mavjud emas. Ammo Putinning strategik maqsadi faqat harbiy masalalar bilan çeklanmaydi. Menimça, uning asosiy maqsadi dunyodagi kuçlar nisbatini özgartiriş va bir qutbli xalqaro tizimning zaiflaşuvidan foydalanişdir. Putin Donald Tramp AQŞ prezidentligiga qaytgaç, köp qutbli dunyo şakllanayotganini rasman tan oladi, deb umid qilgan bölişi mumkin.
Ammo Trampning siyosati, aksinça, AQŞning global taʼsirini saqlab qoliş va ayrim yönalişlarda uni yanada kuçaytirişga qaratilganini köriş mumkin. Venesuela bilan boğliq voqealar, Eronga qarşi harbiy harakatlar va Grenlandiya masalasi ham şu nuqtayi nazardan qaralişi mumkin. Grenlandiya böyiça 1951-yildagi kelişuvning qayta talqin qilinişi va AQŞning oroldagi harbiy iştirokining kuçayişi Vaşingtonning Arktikadagi strategik mavqeyini mustahkamlaşga intilayotganini körsatadi. Amalda esa Grenlandiyaning AQŞga juda kuçli strategik va harbiy boğliqligi yuzaga kelmoqda. Xuddi şunday jarayon Tinç okeanida ham kuzatilmoqda.















