AQŞ savdo vazirligi Huawei kompaniyasining AQŞ mahsulotlarini sotib olişga bölgan litsenziyasini yana 90 kunga uzaytirişni möljallamoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.

Agentlikning ma'lum qilişiça, AQŞ hukumati sönggi marta bergan litsenziya muddati 19 avgust kuni tugaydi. Suhbatdoşlarning sözlariga köra, AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo muzokaralarida muhim öringa ega bölgan Huawei uçun litsenziya masalasi böyiça qaror duşanbagaça özgarişi mumkin.

Agentlikning yozişiça, dam oliş kunlari AQŞ prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin telefon orqali özaro muloqotda Huawei masalasini muhokama qiladi.

AQŞ may oyida Huawei kompaniyasini qora röyxatga kiritgandi. Kompaniyaga 90 kunga litsenziya berilgan bölib, uşbu muddat tugaganidan söng kompaniya Qöşma Ştatlarni tark etişi lozim.