AQŞning Minnesota ştatidagi Minneapolis şahrida mahalliy hokimiyat kafe va restoranlarda maşinadan tuşmasdan taom sotib oliş imkonini beruvçi drive-thru xizmati körsatilişini taqiqladi.

Endilikda haydovçilar ilgarigidek maşinada ötirgan holda burger va gazlangan içimlik sotib ololmaydi, balki maşinadan tuşib kafe yoki restoranga piyoda kirişiga töğri keladi.  

Bunday taqiq qöyilişining sababi oddiy: amaldorlar bunday servislar şahardagi muhitga salbiy ta'sir körsatmoqda deb hisoblaşyapti. 

Birinçidan, Minneapolis rahbariyatining fikriça, haydovçilar maşinalari motorlarini öçirmasdan taom oliş uçun navbatda turişlari natijasida havo ifloslanmoqda. Ikkinçidan, ularning aytişlariça, McDonald’s, Wendy’s yoki Taco Bell kabi tamaddixonalar joylaşgan hududlarda maşinalar piyodalarni urib ketiş holatlari köp uçramoqda.