2019 yilning 18 avgust kuni soat 16:48da Toşkent şahar Olmazor tumani Şiroq köçasi 104-uyda joylaşgan “Teleatlas” xususiy korxonasiga qaraşli qoğoz mahsulotlarini qayta işlaş sexida yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida yonğin joyiga zudlikda 5ta yonğin öçiriş bölinmalar jalb etilgan. Birinçi bölinmalar soat 16:55da yetib borgan, yonğin soat 17:02da örab olinib, 19:25da bartaraf etilgan.
Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğindan sexning 800 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Yonğin oqibatida işlab çiqariş sex omborxonasida qoğoz çiqindilari 90 kv. metr maydonda yongan.
Yonğinning taxminiy sababi - oçiq olovdan foydalanişda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












