Loyiha haqidagi maʼlumotga köra, hududda zamonaviy infratuzilmaga ega sayilgoh taşkil etiladi. Unda aholining hordiq çiqarişi uçun qulay şaroit yaratiş, atrofni obodonlaştiriş va hudud qiyofasini yaxşilaş közda tutilgan.

Sayilgohning asosiy xususiyatlaridan biri sunʼiy köl böladi. Yangi maskan tuman aholisi bilan birga mehmonlar uçun ham dam oliş hududi sifatida xizmat qilişi möljallanmoqda.
Daraxtlar taqdiri böyiça nima deyilmoqda?
Xabarda quriliş va obodonlaştiriş işlari davomida tabiat hamda mavjud yaşillikni asraş ustuvor vazifa etib belgilangani taʼkidlangan.

Xususan, hududdagi köp yillik daraxtlarning barçasi öz joyida töliq saqlab qolinişi aytilgan. Ayrim kiçikroq daraxtlar esa boşqa mos hududlarga köçiriladi.

Maʼlum qilinişiça, köçiriş işlari mutaxassislar nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan bajariladi. Bunda daraxtlarning saqlanişini taʼminlaş nazarda tutilgan.

Loyiha taşabbuskorlari yangi sayilgohni hududning ekologik muhitini yaxşilaşga qaratilgan işlardan biri sifatida taqdim etmoqda.

Eʼlonda sayilgoh va sunʼiy kölning maydoni, loyiha qiymati hamda qurilişni yakunlaşning aniq muddati körsatilmagan.

















