Özbekistonda elektr energiyasi tarmoqlarini modernizatsiya qiliş dasturi doirasida iste'molçilarga yangi «aqlli» hisoblagiçlar örnatiş işlari amalga oşirilmoqda. Uning narxi esa, örnatib beriş bilan birga 770 ming sömni taşkil etmoqda. Fuqarolarda, öz navbatida, uşbu summani kim tölaydi, uning narxi elektr energiyasi tariflariga qöşiladimi, degan haqli savollar paydo bölmoqda. Özbekiston Energetika vazirligi Kun.uz muxbirining şu masalaga doir savolga javob berdi. 

-  7 milliondan ortiq iste'molçi borligi qayd etildi. Bir dona hisoblagiç örnatiş bilan birga 770 ming sömga tuşadi. Bu xarajatlar qaçon, neça yilda özini oqlaydi?

«Hisoblagiçning bugungi kundagi narxi – mahalliy işlab çiqaruvçilarimizniki 49 AQŞ dollari ekvivalentidagi sömda, hisoblagiç zavoddan çiqib ketgan kundagi Markaziy bank rasmiy kursi bilan belgilanadi. Ikkinçi zavod ham şu narxda yetkazib beradi. Osiyo Taraqqiyot bankining tenderi orqali ğolib bölgan narx 64 dollarni (63,85 atrofida) taşkil etadi. 

Endi hisoblagiçlarni örnatiş böyiça qilinayotgan xarajatlar qaçon özini oqlaydi, degan savolga javob bersam. Bu kabi har qanday yirik loyiha uçun maxsus institut tomonidan texnik-iqtisodiy asoslar işlab çiqiladi. 

Unda, iste'molçilarga sotiladigan elektr energiyasi narxi qança, degan savol qöyiladi. Nega, çunki, bu hisoblagiçlar örnatilgaç, elektr energiyasi yöqotişlarining oldi olinadi. Uning miqdori aniq, öşa miqdorni tarifga köpaytirsak, summa kelib çiqadi. Şunda bir yilda qança mablağ tejalişi, aniqroq aytganda, yöqotişlarning oldini oliş hisobiga köproq mablağ kirim bölişi ta'minlanadi», - deya qayd etdi Energetika vaziri örinbosari. 

Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev

Uning sözlariga köra, hisoblagiçlarni örnatişdan avvalgi texnik-iqtisodiy asoslarni işlab çiqişda 2017 yilgi tariflar şartli ravişda olingan va ikki xil usulda hisoblangan. 

«Haqiqatga eng yaqin hisob-kitoblarga binoan, yangi hisoblagiçlarni örnatiş 8-9 yilda özini oqlaşini körsatgan. Ammo, bu iste'molçi şunça muddat mobaynida yangi hisoblagiç qiymatini ham tarifga qöşilgan holda tölab boradi, degani emas. Çunki, biz bu masalaga boşqaçaroq yondaşganmiz», - dedi Şerzod Xöjayev. 

Vazir örinbosarining sözlariga köra, olinadigan xalqaro kreditlarning barçasi uzoq muddatli bölib, 20-25 yilni taşkil etadi. Ya'ni, tizimni barpo qiliş uçun olingan kredit şunça muddat davomida qaytariladi. 

«Dunyoning har qanday burçagida amalga oşiriladigan katta loyiha borki, ular imtiyozli uzoq muddatli kreditlarni jalb etişga harakat qiladi. Biz ham şu nuqtainazardan kelib çiqqan holda OTB, Jahon banki, Islom Banki, Osiyo Infrastruktura banki va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki kreditlarini jalb etişga harakat qilyapmiz», - deya oydinlik kiritdi Energetika vaziri örinbosari Şerzod Xöjayev.  

U, şuningdek, yangi hisoblagiçlarni örnatiş böyiça moliyaviy manbalarni ham ma'lum qildi. Bular Osiyo Taraqqiyot banki va Majburiy Ijro byurosi jamğarmasi mablağlaridir. 

«Biz moliyalaştiriş manbalarini köp öylaganmiz. Hozirgi kunda hisoblagiçlarni almaştiriş böyiça ikkita asosiy manba bor – bular Osiyo Taraqqiyot banki va Majburiy Ijro byurosi mablağlaridir. Jamğarmadan ajratiladigan mablağlar beğaraz yordam sifatida kelgani bois, tarifga qöşilmaydi. Tarifning bir qismi esa, Osiyo Taraqqiyot bankidan olingan mablağlarni qaytarişga yönaltiriladi. 

Şu örinda bir jihatga e'tibor qaratişni istardimki, har bir tadbirkorlik sub'yektining mahsuloti bölgani singari, elektr korxonalarining mahsuloti elektr energiyasidir. Korxona öz xarajatlarini elektr energiyasini sotişdan tuşgan mablağ hisobidan qoplaydi. Ammo, bu elektr energiyasini sotiş bilan birga hisoblagiçlar uçun alohida ustama qiliş amaliyotidan qoçganmiz», - dedi Xöjayev.