21-sentabr kuni soat 11:18da yuk avtomobili çiqindi tökiş maqsadida kuzovini kötarganda Qaşqadaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga elektr energiyasi uzatiladigan 500 kV kuçlanişli «L-527» elektr uzatiş tarmoğiga tegib ketgan. Natijada uşbu tarmoq avariyaviy öçgan.

Energetika vazirligining xabar berişiça, mazkur tarmoq yagona 500 kVli elektr uzatiş tizimi zanjirining bir qismi hisoblanib, uning öçişi Buxoro viloyatidagi şamol elektr stansiyalarining işlab çiqariş quvvatiga ham taʼsir körsatgan - natijada uşbu şamol stansiyalarning işlab çiqariş hajmi 270 MVtga kamaygan.

Energetika tizimidagi avariyaga qarşi himoya tizimlari öz vaqtida işga tuşib, yirik nosozliklarning oldi olingan, zaxira quvvatlar hisobiga uşbu avariya isteʼmolçilarning elektr taʼminotiga heç qanday taʼsir körsatmagan.

Energetiklar tomonidan zarur çoralar körilib, nosozlik soat 11:37da bartaraf etilgan va elektr uzatiş tarmoği qayta işga tuşirilgan.

Energetiklar voqea joyiga yetib borganda, avtomobil haydovçisi voqea joyida bölmagan.

Hodisa yuzasidan yuk avtomobili haydovçisining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş uçun tegişli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.