Özbekiston kompaniyalari Afğonistonda elektr tarmoqlari va podstansiyalarni quriş hamda modernizatsiya qiliş loyihalarida iştirok etişi mumkin. Bu haqda energetika vaziri Şerzod Xöjayev «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Vazirning ta’kidlaşiça, loyihalar Afğoniston tomoni taşabbusi bilan amalga oşirilyapti. Bunda yangi elektr tarmoqlarini quriş va mavjudlarini modernizatsiya qiliş közda tutilgan.
«Bizda mavsumiy elektr energiyasi ortiqçaligi yuzaga keladi. Ya’ni, quyoş va şamol elektr stansiyalarimiz yuqori quvvat bilan işlayotgan paytda hosil bölgan qöşimça quvvatlarni eksport qiliş hisobiga kattaroq iqtisodiy samara olişimiz mumkin. Yana bir jihati, Surxondaryo juda ham quyoşga boy ölka. U yerda işlab turgan quyoş stansiyalarimizning quvvati töliq talabni qondirişga yetadi. Ammo yana qöşimça 2-3 ta elektr stansiya qurişni rejalaştirganmiz. Bu yerda yana bir narsani aytib ötişimiz kerakki, Afğonistonga elektr energiyasi eksport qiliş içki talab töliq qondirilgandan keyin amalga oşiriladi», dedi Şerzod Xöjayev.
Taqdimotda Özbekiston va Afğoniston örtasidagi energetika hamkorligini kengaytiriş uçun muhim bölgan «Surxon - Puli-Xumri» yuqori kuçlanişli elektr tarmoği qurilişini jadallaştiriş masalasi ham körib çiqilgan.
Ma’lumot uçun, 2025-yilda Afğoniston va Özbekiston elektr energiyasini uzatiş va podstansiyalar quriş böyiça törtta şartnoma imzolagandi. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan:
«Surxon–Puli-Xumri» elektr uzatiş tarmoğini 200,6 km masofada quriş va Xöja-Alvon podstansiyasini kengaytiriş;
«Arğanda» podstansiyasini 500/220 kW’gacha kengaytiriş va quvvatini 800 MVA’gaça oşiriş;
«Butxak» (Qobul) podstansiyasidan “Şayx Misri” (Nangarxar) podstansiyasigaça 125 km uzunlikdagi 220 kWli yangi ikki zanjirli elektr uzatiş tarmoğini quriş;
“Şayx Misri” (Nangarxar) 220 kVli podstansiyasini quriş.
Afğonistonga elektr eksporti
2025-yilning noyabr oyida Toşkentda Özbekistondan Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni 2026-yilda ham davom ettiriş böyiça bitim tuzilgandi











