Baçadon böyni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvçi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. 2018 yilda dunyoda baçadon böyni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanganlik holati qayd etilgan. Har yili şu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayollar vafot etadi. Saratonning bu turining oldini oliş borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri — odam papillomavirusi (OPV) ga qarşi emlaş. Özbekiston bu borada birinçi qadamni qöydi, ya'ni şu yilning noyabridan boşlab 9 yoşli qizlar uşbu kasallikka qarşi emlanadi.
Soğliqni saqlaş vazirligining Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, bu haqda poytaxtimizda “Baçadon böyni saratonisiz kelajak” şiori ostida bölib ötgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda aytib ötildi. Soğliqni saqlaş vazirligi va Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbir mamlakatimizdagi joriy milliy emlaş dasturlari özaro munosabatini faollaştiriş, onkologik kasalliklarga qarşi kuraş, reproduktiv salomatlik va ösmir qizlar salomatligini yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qiliş uçun maydon bölib xizmat qildi.

Tadbirda ta'kidlanişiça, baçadon böyni saratoni tarqalişiga köra jahonda ayollarda uçraydigan saraton kasalliklari orasida törtinçi örinda turadi. Dunyoda bölgani kabi, mamlakatimizda ham baçadon böyni saratoni barça yoşdagi ayollar örtasida tarqalişi böyiça kökrak bezi saratonidan keyingi örinda turadi. Kasalliklardan ölim körsatkiçi böyiça esa, uşbu xastalik barça yoşdagi ayollar örtasida kökrak bezi va oşqozon bezi saratonidan keyin uçinçi va tuğiş yoşidagi ayollar (15-44 yoş) orasida esa ikkinçi örinni egallaydi. JSST ma'lumotlariga köra, har yili yurtimizda 1660 nafar ayol baçadon böyni saratoni kasalligiga çalinmoqda. Şu bois butun dunyoda uşbu kasallikning oldini oliş muhim ahamiyatga ega.

2017 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu borada milliy reja tasdiqlangan. U öz içiga baçadon böyni saratonini davolaş, palliativ yordam körsatiş bilan birga, OPVga qarşi emlaş, baçadon böyni saratonini skrining qiliş kabi birlamçi profilaktik tadbirlarni qamrab oladi.
Milliy emlaş kalendariga köra, mamlakatimizda bolalar davlat budjeti hisobidan 12 ta boşqariladigan infeksiyalarga qarşi emlanadi. Şuning uçun ham mamlakatimizda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Endilikda OPVga qarşi vaksinaning joriy qilinişi esa yana bir oğir kasallik — baçadon böyni saratoni kasalligining oldini olişga xizmat qiladi. Yurtimizda 9 yoşli ösmir qizlarni rejali emlaş şu yilning noyabr oyidan boşlanadi. Buning natijasida kelajakda har yili 1 100 ta kasallaniş va baçadon böyni xastaligi böyiça 600 ga yaqin ölim holatlarining kamayişiga erişiladi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, ayni paytda OPVga qarşi rejali emlaş dunyoning 92 ta davlatida, ular orasida JSST Yevropa mintaqasidagi 36 mamlakatida ham qöllanib kelinmoqda. Baçadon böyni saratoni oldi jarayonlarini kamaytirişdagi emlaşning yuqori samarasi klinik sinovlar davrida, şuningdek, bu vaksina köp yillardan beri qöllanib kelinayotgan davlatlar (AQŞ, Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Şvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Şotlandiya) misolida köringan.
Anjumanda, şuningdek milliy va xalqaro ekspertlar baçadon böyni saratonining oldini oliş va davolaş böyiça oxirgi tadqiqotlar, OPVga qarşi vaksinani joriy qilişdagi boşqa davlatlarning tajribalari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdilar.












