Dunyo avtomobil bozorini elektromobillar egallaşni boşladi. Bu esa qator savollarni örtaga taşlamoqda. Xususan, elektromobillar qançalik xavfsiz? Ularning elektromagnit maydoni odamlarda kasallik keltirib çiqaradimi? Elektromobillar nega yonadi? Kun.uz köpçilikni qiziqtirgan savollar yuzasidan Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti ilmiy xodimi Ilhom Aşurov bilan suhbatlaşdi.

— Elektromobillar yonişining eng köp uçraydigan sabablari qaysilar?

— Elektromobillar atrofidagi şov-şuvlar yangi texnologiyalarga nisbatan tabiiy hayiqiş va internetdagi feyk ma’lumotlar natijasidir. Oddiy maşinalar yonğiniga könikib qolgan jamiyat bitta elektromobilnikini dahşatdek qabul qilmoqda. Odamlarga vaqt va ilmiy tuşuntiriş kerak: ularning qörquvlari real asosga ega emasligini bosqiçma-bosqiç isbotlab boriş lozim.

Elektromobillardagi yonğin sabablarini heç qaçon faqat bitta qismga boğlab bölmaydi. Albatta, asosiy energiya manbai hisoblangan, elektr energiyasini kimyoviy jarayonlar orqali özida saqlaydigan akkumulyatorlar (batareyalar) birinçi bölib tilga olinadi va köpçilik yonğinni aynan ular bilan boğlaydi. Biroq har qanday vaziyatda ham yakuniy xulosani mutaxassislar ekspertizasi va işlab çiqaruvçi kompaniyaning rasmiy izohidan keyingina aytiş mumkin. Biz taşqaridan turib qança ma’lumotga ega bölmaylik, voqeaning töliq va aniq manzarasini bilolmasligimiz mumkin.

Yonğin sabablari faqat akkumulyatordan iborat emas. Elektromobilda akkumulyatordan taşqari yuqori kuçlanişli tizimlar, murakkab elektronika tarmoqlari va DC-DC konverterlar (kuçlaniş özgartirgiçlar) mavjud. Uşbu tizimlarning istalgan joyida sodir bölgan qisqa tutaşuvlar ham yonğinga olib kelişi mumkin.

Şuni ham ta’kidlaş kerakki, elektromobillar yonğinida juda yuqori haroratli ekzotermik jarayonlar keçişi sababli, yonib bölgan maşinani tekşirib, yonğinning asl öçoği va sababini aniqlaş ekspertlar uçun ham juda qiyin vazifa. Bizning har qanday ilmiy asoslangan fikrlarimiz ham rasmiy izoh örnini bosa olmaydi va şaxsiy taxmin bölib qolaveradi. Şu bois, biror noxuş holat yuz berganda, birinçi navbatda brend egalari yoki rasmiy dilerlar aniq va rasmiy munosabat bildirişlari şart.

— Bugungi kunda elektromobillarda asosan qanday akkumulyator turlari işlatiladi va ularning bir-biridan farqi nimada?

— Elektromobillarda asosan ikki turdagi litiy-ion akkumulyator qöllaniladi: NMC (nikel marganets kobaltli) va LFP (litiy temir fosfatli). Ularning asosiy farqi katod materialida. NMC akkumulyatorining katodi nikel, marganets va kobaltdan taşkil topgan bölsa, LFP akkumulyatorida litiy, temir va fosfat işlatiladi. Qolgan işlaş prinsipi deyarli bir xil. Amaliy jihatdan eng muhim farqi — xavfsizlik. NMC akkumulyatorlari yuqori haroratda zanjirli termik reaksiyaga tezroq kirişi sababli yonğin xavfi nisbatan yuqoriroq. LFP akkumulyatorlari esa issiqlikka barqarorroq bölib, bunday reaksiyaga ança keçroq kiradi va şu bois xavfsizroq hisoblanadi.