Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Aholiga transport xizmati körsatiş hamda şaharlar va qişloqlarda avtobuslarda yölovçilar taşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2724-sonli qaroriga köra Toşkent viloyatiga 2019 yilda jami 37 ta yangi avtobuslar xarid qilinişi belgilangan.
Transport vazirligi Axborot xizmati xabariga köra, joriy yilning 20 iyul kuniga qadar jami 14 dona yangi avtobuslar xarid qilindi. Şu jumladan, Zangiota tumanidagi “XAYDARXON-MUXTORXON” MÇJ tomonidan I çorakda 3 dona va III çorakda 1 dona, jami 4 dona “ISUZU” rusumli avtobuslarni mavjud şahar atrofi VX-235-sonli “Temir yöl sanatoriyasi –Eşonguzar qörğoni” avtobus yönalişiga harakat jadvalini 4taga oşirgan holda biriktirildi (1016 mln. sömga). “YULDUZ-SX” XK tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan “Zhengzhou Yutong Bus Co.Ltd” zavodida işlab çiqarilgan 10 dona “YUTONG” rusumli avtobuslar II çorakda 7884 mln. sömga sotib olindi. Mazkur yangi 10 dona zamonaviy “YUTONG” rusumli avtobuslar “Toşkent-Xiva” şaharlararo avtobus yönalişiga biriktirilib, hozir kunda yölovçilarga sifatli xizmat körsatib kelmoqda.
Hozirda yana Olmaliq şahridan “DAMAS TRANS” MÇJ 2 dona, “OLMALIQ ISUZU TRANS” MÇJ 4 dona, Quyi Çirçiq tumanidan “81-son DO`STOBOD ATK” MÇJ tomonidan 7 dona, Qibray tumanidan “QIBRAY TRANSPORT SERVIS” MÇJ 10 dona avtobus sotib oliş böyiça taklif bildirgan.












