Qirğizistonning sobiq boş prokurori Aida Salyanova oğir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Salyanovaning singlisi Çinara Turdaliyevaga asoslanib Elgezit.kg sayti yozmoqda. Sobiq boş prokurorga yurak muşaklari yalliğlanişi taşxisi qöyilgan.
Salyanova hozirda Bişkekdagi Qirğiziston milliy kardiologiya markazida saqlanmoqda. Salyanova xorijda operatsiya ötkazişga muhtoj bölişi mumkin, ammo buni sud hal qiladi, deb yozadi manba.
Salyanova 3 iyun kuni qirğizistonlik kriminal Aziz Batukayevni qamoqdan ozod qiliş işi böyiça qölga olingandi. Batukayevning ozod qilinişi bilan boğliq işda aybli deb gumonlangan köplab sobiq hukumat vakillari, jumladan sobiq prezident Almazbek Atambayev ham qölga olingan.
5 iyun quni sud Salyanovani uy qamoğiga hukm qilgan. Advokat esa sobiq boş prokuror 4 yoşli qizining qarovçisi bölgani uçun jazoni yengillatişni söragan. Aynan qizining qarovçisi bölgani uçun Salyanovaning 5 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi uy qamoği bilan özgartirilgan. 15-30 iyungaça kardiologiya markazida davolangan sobiq boş prokuror unda yurak yetişmovçiligi aniqlangani haqida aytgandi.












