Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatida maktabgaça ta'lim taşkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va bolalarni maktabgaça ta'limga qamrab olişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Namangan viloyati hokimligi tomonidan Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda işlab çiqilgan 2020-2022 yillarda Namangan viloyatida maktabgaça ta'lim taşkiloti mavjud bölmagan mahalla fuqarolar yiğinlarida taşkil etiladigan davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarini qurişning asosiy parametrlari tasdiqlandi.
Belgilanişiça, mazkur mahalla fuqarolar yiğinlarida taşkil etiladigan davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida bolalar ta'minoti uçun ota-onalar badal puli taşkilot faoliyati yölga qöyilgan kundan boşlab 5 yil davomida 50 foiz miqdorida örnatiladi.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Özbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020 yil va keyingi yillar uçun parametrlarini şakllantirişda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maktabgaça ta'lim taşkilotlari qurilişini belgilangan tartibda kiritilişini ta'minlaydilar.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Respublikasining 2020 yil va keyingi yillar uçun budjet parametrlarini şakllantirişda uşbu qarorda belgilangan maktabgaça ta'lim taşkilotlari ta'minoti uçun zarur mablağlarni ajratilişini nazarda tutadi.
Belgilab qöyilişiça:
davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarini quriş energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi standartlarini qöllagan holda, qat'iy namunaviy loyihaga asoslanadi;
taşqi muhandislik aloqa tarmoqlari va içki avtomobil yöllari, bunyod etilayotgan obektlar hududidan ötuvçi suv ta'minoti va oqava suv tarmoqlari qurilişi Namangan viloyati hokimligi mahalliy budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Maktabgaça ta'lim taşkilotlarining bino va inşootlarini quriş böyiça:
Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantiriş injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi - buyurtmaçi etib belgilandi;
boş loyiha va boş pudratçi taşkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) natijasida aniqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan ötkazadi va quriliş-montaj işlarining sifati ustidan davlat arxitektura-quriliş nazoratini örnatadi.












