AQŞ prezidenti Donald Tramp Daniya boş vazir Mette Frederiksen Grenlandiya orolining sotilişini muhokama qilişni istamasligi sababli u bilan uçraşuvni keyinga qoldirdi.
Frederiksen avvalroq Trampning dunyodagi eng katta orolni sotib oliş ğoyasini bema'ni deb atagan, biroq Daniya AQŞ prezidentining 2-3 sentyabrga belgilangan taşrifiga tayyorgarlik körayotganini aytgan.
Grenlandiya va Daniya rasmiylari orol AQŞ bilan hamkorlikdan manfaatdorligini, biroq orol sotilmasligini aytişgan.
Hozirda orol Daniya tarkibiga kirib, keng muxtoriyat huquqiga ega.
“Daniya ajoyib insonlarga ega öziga xos davlat, biroq boş vazir Mette Frederiksenning Grenlandiyaning sotib olinişini muhokama qilişdan manfaatdor emasligi haqidagi izohlariga asoslanib, men ikki haftadan keyinga rejalaştirilgan uçraşuvimizni boşqa vaqtga köçiraman”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Avvalroq Tramp matbuot anjumanda haqiqatan ham orolni sotib olişga qiziqiş bildirayotganini tasdiqlagandi.












