2019 yilning 22 avgust kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy taşrif bilan kelgan AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Devid Xeylni qabul qildi.

TIV xabariga köra, uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlar, köp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar bugungi kunda köp qirrali Özbekiston-AQŞ munosabatlari jöşqin rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bunga turli darajadagi faol muloqotlar yöl oçdi. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning ötgan yil may oyida Vaşington şahriga rasmiy taşrifi va prezident Donald Tramp hamda AQŞ ma'muriyatining yuqori martabali a'zolari bilan bölib ötgan muzokaralar hal qiluvçi voqea böldi.

AQŞ bilan investitsiya, mamlakatni iqtisodiy va texnologik modernizatsiya qiliş uçun texnologiyalar va ilğor AQŞ tajribasini jalb qilişdir sohasida yaqin hamkorlik Özbekiston uçun muhim ustuvor yönaliş ekanligi ta'kidlandi.

Foto: TIV axborot xizmati

Uçraşuvda madaniy-gumanitar sohadagi konstruktiv aloqalarni çuqurlaştiriş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.

Tomonlar Özbekiston va AQŞ örtasidagi özaro manfaatli barça sohalarda munosabatlarni mustahkamlaş va kengaytirişga qat'iy sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Devid Xeyl Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuksak baholadi va qöşma loyihalarni amalga oşirişda, şu jumladan ta'lim almaşuvini faollaştirişda kömak berişga AQŞ tomoni tayyorligini tasdiqladi.

Yiğilişda kun tartibidagi boşqa masalalar ham körib çiqildi. Muzokaralarda AQŞ elçisi Daniel Rozenblyum iştirok etgan.

Bundan oldin, AQŞ davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Devid Xeyl Özbekistonga kelişi xabar qilingandi.