«Inter Mayami» «Barselona»dan hujumçi Luis Suaresni sotib oliş niyatida.
El Mundo Deportivo xabariga köra, 32 yoşli urugvaylikning özi ham faoliyatini David Bekhemga qaraşli klubda yakunlaş variantiga qiziqiş bildirmoqda.
Naşrning «Barselona» tizimidagi ba'zi manbalari Suares okeanortiga hatto şu yilning yanvaridayoq yoki kelasi yil yozda köçib ötiş imkoniyatlarini çamalayotgani haqida ma'lum qilgan.
«Inter Mayami» 2020 yildan boşlab MLS`da qatnaşa boşlaydi.
Klub Luisga 4 yillik şartnoma va yetarliça yuqori miqdorda maoş taklif qilmoqda.
Ma'lumot uçun, Suaresning «Barsa» bilan kelişuvi 2021 yil yozigaça möljallangan.
Avvalroq «Inter Mayami» «PSJ» hujumçisi Edinson Kavani bilan 3 yillik şartnoma böyiça kelişib qöygani haqida xabar tarqalgandi.












