Agar Asqar Aqayev Qirğizistonga qaytib kelsa, u söroq qilinadi. Bu haqda uşbu mamlakat Boş prokuraturasi xabar berdi, deb yozmoqda Knews.

Mahkama davlatdan qoçib çiqib ketgan prezident va uning oilasiga qarşi qözğatilgan jinoiy işlar haqida eslatgan.

Prezidentning rafiqasi Mayram Aqayeva rahbarlik qiluvçi «Meerim» xayriya jamğarmasi faoliyati tekşiruvdan ötkazilgaç, 30dan ortiq jinoiy işlar oçildi, ular böyiça davlatga 64 million som zarar yetkazilgani aytildi. Önlab imoratlar va boşqa mol-mulklar davlatga qaytarildi.

Asqar Aqayevning sobiq kuyovi Odil Töyğonboyev mol-mulki musodara qilingan holda sirtdan 20 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Sud ayblanuvçidan «Manas» xalqaro aeroporti» OAJ foydasiga 677,291 million som (taxminan 10 million dollar) undiriş haqida qaror çiqargan.

Sobiq prezidentning öğli Aydar Aqayevga qarşi törtta jinoiy iş oçildi, ular böyiça yetkazilgan zarar miqdori 3 million dollarni taşkil etadi. Yana 11ta jinoiy işda uning aybdorligi böyiça töğridan-töğri va bilvosita dalillar mavjud.

Ma'lum voqealardan keyin Asqar Aqayev va uning oilasi Qirğizistonni tark etgani sababli, ular sodir etgan jinoyatlar doirasida qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlanib, Aydar Aqayev, Odil Töyğonboyev va boşqa qarindoşlari xalqaro qidiruvga berildi.

Aqayevning jinoyatlarga aloqadorligini aniqlaş uçun, agar u Qirğizistonga kelsa, tegişli tergov idoralari tomonidan söroq qilinadi, şundan söng uning harakatlariga huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.